"Sevilya" o'z himoyachisini "Nyukasl"ga 30 mln evroga sotishni rad etdi

Alisher
8 yanv 2022, 13:04
"Nyukasl" "Sevilya" himoyachisi Diego Karlosni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo rad javobini oldi.

Angliya klubi 28 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 mln evro taklif qildi, ammo bu taklif Karlosni tarkibda saqlab qolmoqchi bo'lgan ispan klubi rahbariyatini ko'ndira olmadi.

Karlos joriy mavsum "Sevilya" tarkibida barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Transfermarkt himoyachini 45 mln evroga baholamoqda. Uning "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star