

"Armiyachilar" forvardi Fransiya terma jamoasi hujumchisi Vissam Ben Yedder bilan tandem hosil qilishi kutilmoqda. Xabarlarga ko'ra, Rossiya chempionati to'purariga "Sevilya"dan tashqari "Monako" va "Arsenal" klublari ham qiziqmoqda.
21 yoshli futbolchi Moskvaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va hozir ham ushbu jamoa sharafini munosib himoya qilmoqda.
Chalov shu yildan e'tiboran esa Rossiya terma jamoasiga ham jalb etilmoqda.
O'yinchi joriy mavsum barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 7ta assistga erishgan.




