

Mutaxassis Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida Dortmundning "Borussiya"sidan (1:4) mag'lubiyatga uchragach, ishini yo'qotdi.

56 yoshli ispaniyalik murabbiy 2019 yildan beri "Sevilya"ni boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo'l ostida 2019/20 yilgi mavsumda Yevropa Ligasi sovrinini qo'lga kiritdi. Lopetegi jamoani 170 ta o'yinda boshqargan.
"Sevilya" ushbu mavsum Primerada 1996/97 yilgi mavsumdan keyingi eng yomon startini ko'rsatdi, jamoa etti turda besh ochko jamg'arib, Ispaniya chempionatida 17-o'rinni egallab turibdi.



