"Sevilya" Langleni qaytarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 20:53
"Barselona" himoyachisi Klement Langle "Sevilya"ga qaytishi mumkin.

Manbaga ko'ra, andalusiyaliklar francuz futbolchisining qaytishi haqida o'ylamoqda.

Ma'lum bo'lishicha, "Sevilya" Langlini qishda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Jyul Kundening o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Langlining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o'rtalarida yakunlanadi.

Eslatib o'tamiz, Langli 2018 yilda deyarli 36 million evro evaziga "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgandi. U bir yarim yil davomida andalusiyaliklar safida to'p surdi hamda shu vaqt ichida 73 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ushbu mavsumda himoyachi La Ligada uchta uchrashuv o'tkazib, maydonda atigi 91 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fichajes