Langle "Barselona" borasida qachon qaror qabul qiladi?

Aslanov Jasurbek
30 may 2018
"Sevilya" himoyachisi Klement Langle jamoaning yangi bosh murabbiyi Pablo Machin bilan uchrashganidan so'ng "Barselona"ga kyetishi borasida qaror qabul qiladi.

Oldinroq, "Barselona" "Sevilya" bilan 23 yoshli himoyachining transferi borasida kelishib olgani ma'lum qilingan edi. Kataloniya klubi 35 mln. evro to'lashi kutilmoqda.

"Langle tatilda. U yangi murabbiy bilan uchrashishdan oldin qaror qabul qilmaydi. Yangiliklar yo'q. "Sevilya"ga hurmat ko'rsatish niyatidamiz" - deydi futbolchining agenti Gregori Dekada.

So'nggi mavsum Langle "Sevilya" safida LaLiganing 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Estadio Deportivo