Sevilya klubi jamoaning yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Nozimov Nig'monxo'ja
11 okt 2023, 08:13
Unga ko'ra, Diego Alonso Andalusiya jamoasini boshqaradigan bo'ldi.

 48 yoshli urugvaylik mutaxassis bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan.

Alonso JCH-2022da Urugvay milliy jamoasini boshqargan edi. Ungacha esa Inter Mayami klubini, shuningdek, Meksikaning Monterrey va Pachuka, Paragvayning Olimpiya va Guarani klublarini boshqargan.

Sevilyaliklar 8 oktyabr kuni Xose Luis Mendilibarni iste'foga chiqargandi. Klub so'nggi 11 o'yinida bor yo'g'i 2ta g'alabaga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com