​“Sevilya” yetakchisiga grand jamoalar ko'z tikdi

5 fev 2019, 08:20
Pablo Sarabiya xizmatlariga birdaniga Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.

“Chelsi” va PSJ Sarabiyani yozda sotib olishga harakat qiladi. Futbolchi La Ligani yanvar oyidayoq tark etishi mumkin edi. Biroq Andalusiya klubi xitoyliklardan tushgan taklifni rad etdi. Ular Sarabiyani “Dalyan Ifan”ga 39 mln evroga sotishdan bosh tortdi.

Futbolchining “qizil-oqlar” bilan shartnomasi 2020 yil 30 iyunida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Estadio Deportivo