Sevilya – Barselona. Alba va Maskerano uchrashuvni o'tkazib yuborishadi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2014, 14:54
Barselona Ispaniya chempionatining 23-turidan o'rin olgan Sevilyaga qarshi o'yinda Xordi Alba va Xaver Maskeranoning xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Valensiyaga qarshi kechgan o'yinda (2:3) Alba qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Maskerano esa mavsumdagi o'zining 5-sariq kartochkasini oldi va Sevilyaga qarshi o'ynay olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru