"Sevilya" Azmun borasida muzokaralar boshladi

Alisher
23 fev 2021, 17:38
"Sevilya" sport direktori Ramon Monchi "Zenit" forvardi Syerdar Azmuningn agenti bilan muzokara boshladi.

"Sevilya"ning yozgi transfer oynasidagi maqsadi hujumchi xarid qilish va Azmun bu borada asosiy variantdir.

Qayd etish kerakki, Azmunning o'zi oldinroq o'z kuchini Rossiya Premer-ligasiga qaraganda kuchliroq chempionatda sinab ko'rishni xohlashini aytgandi.

Syerdar Azmun joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta golva 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: EL GOL Digital