Seten "Napoli" haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
18 iyun 2020, 21:46
Barselona ustozi Napoliga qarshi o'tadigan bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.

“O'ylashimcha, Chempionlar Ligasining yangi formati nafaqat Barsa, balki boshqalar uchun ham ijobiy emas, boisi, 2 bosqichli o'yinlarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatingiz yuqori bo'ladi. Hamma uy va safarda o'ynashni xohlaydi, ammo vaziyat o'zgargan ekan, unga moslashishga majburmiz.

Napoli – juda kuchli raqib. Ular Kubok finalida yaxshi natija ko'rsatishda va bizga qarshi ilk o'yinda astoydil mehnat qilishimizga sabab bo'lishdi. Oson bo'lmaydi, ammo bor kuchimiz bilan harakat qilishga urinamiz”, deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan Neapoldagi bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgandi. Javob bahsi esa 7 avgustda Kataloniyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia