Serji Buskets: "Manchester Siti" bilan golli durangga umid qilayapman"

Tolibjon Qosimov
18 fev 2014, 16:24
"Barselona" yarim himoyachisi Serji Buskets YCHL 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Meni nazarimda, "Manchester Siti" – bu bosqichda tushishi mumkin bo'lgan eng kuchli raqib. Agar bu jamoa o'z guruhida birinchi o'rinni olganida ularga qarshi o'ynamasdik.

G'alaba qozonishga urinamiz. Agarda durang bo'lsa ham golli durang bo'lishini kutayapman.

Chempionlar ligasining uchta favoriti? "Bavariya", "Real" va "Barselona", – deydi Buskets.

"Manchester Siti" – "Barselona" uchrashuvi bugun tungi soat 00:45da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru