Serxio Ramos PSJning "Monako"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi

Alisher
11 dek 2021, 18:34
PSJ himoyachisi Serxio Ramos "Monako"ga qarshi Fransiya chempionati 18-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Ispaniyalik futbolchi yakka tartibda shug'ullanishda davom etmoqda. U keyingi haftadan umumiy mashg'ulotga qaytishi kerak.

35 yoshli o'yinchi PSJning ketma-ket to'rtinchi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, PSJ yakshanba kuni "Monako" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe