Serxio Ramos: Mavsumni yaxshi boshladik, doim birga bo'lishimiz kerak

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2017, 10:15
Real himoyachisi Serxio Ramos Malagaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoa uchun og'ir kechayotgan o'yinlarda gol urish doim yoqimli. Qiyin vaziyatdan chiqib ketdik. Realda har bir mag'lubiyat og'ir qabul qilinadi.

Mavsumni yaxshi boshladik va har qanday qiyin holatda birga bo'lishimiz kerak. Real - doim g'alaba qozonishi kerak. Bugungi g'alaba Sevilyaga qarshi bahsni unutishga yordam beradi, - deydi Ramos.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com