Serxio Aguero jarohat oldi

23 iyun 2020, 08:37
Bu haqidagi ma'lumotni “Manchester Siti” ustozi ham tasdiqladi.

“Byornli”ga qarshi o'yinda “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero jarohat orttirib oldi.

“Hammasi juda yaxshi ko'rinayotgani yo'q. Uning tizzasi bilan bog'liq nimadir bo'ldi. Serxio tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ngina ko'proq narsa ayta olishimiz mumkin. Karantindan so'ng mashg'ulotlarni endigina boshlagan vaqtimizda unda tizzasi bilan bog'liq muammolar bor edi. U bu o'yinda ham o'zini noqulay his etdi”, - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports