Serxio Aguero: "Barselona" MYU ustidan g'alaba qozonadi. Ularda raqib himoyachilarini gangitib qo'yadigan hujumchilar bor"

Administrator
16 fev 2023, 22:17
"Barselona" sobiq forvardi Yevropa Ligasi o'yini haqida gapirdi.

Serxio Agueroning fikricha, "Barsa" MYU ustidan g'alaba qozona oladi.

"Barselona" La Ligada barqaror o'yin ko'rsatmoqda va jamoaviy o'yin taqdim qilyapti. Ular juda kam gol o'tkazishmoqda. "Barselona"da raqib himoyachilarini gangitib qo'yadigan hujumchilar bor. 

MYU esa sovrin uchun kurashchilar qatoriga qayta oldi. Ular ham barqarorlikni biroz yo'qotishgandi, ammo bu narsa ortda qoldi.

O'yin shiddatli kechadi. Biroq, o'ylashimcha "Barselona" g'alaba qozonadi", - deydi Serxio Aguero.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Manchester Evening News