Serxio Aguero: "Barsa" men uchun doim dunyoning eng zo'r jamoasi bo'lgan. Men 14 yoshimdan beri bu yerda o'ynashni xohlaganman"

Alisher
1 iyun 2021, 08:16
"Barselona"ning yangi o'yinchisi Serxio Aguero Kataloniya klubiga o'tganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men juda baxtliman. Ushbu klub uchun maksimum harakat qilaman. Jamoaga muhim sovrinlarni yutishda yordam bermoqchiman. Men cheksiz quvonchni his qilyapman.

"Barselona" men uchun doim dunyoning eng kuchli jamoasi bo'lgan, u yerda shuningdek Leo Messi o'ynaydi.

Men prezident Joan Laportaga bolaligimdagi aytgan gaplarimni aytib berdi: "Ular bir bor bo'lsa ham menga e'tibor qaratishadi. Va men shu yerdaman. Har qanday o'yinchi "Barsa" bilan shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo'lganda, bu erga yuguradi.

"Barsa" men bilan aloqaga chiqqanda, shubha ham qilib o'tirmadim. Men agentga faqat shu klub bilan muzokara o'tkazishini aytdim. "Barsa" agentim bilan aloqaga chiqqanda cheksiz quvonchni his etdim. Men buni 14 yoshimdan beri xohlardim", - deydi Aguero.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal