Server Jeparov: "Ulsan"ni tark etganim rost"

Narzulla Saydullayev
15 dek 2015
Bugun O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov "Ulsan Xyunday" bilan xayrlashgani haqida xabar bergandik.

Jeparovning o'zi ushbu xabarni tasdiqladi. "Ulsan"ni tark etganim rost. Hozircha tatildaman. Faoliyatimni qaysi klubda davom ettirishimni vaqt ko'rsatadi. Takliflarni keyinroq ko'rib chiqaman", - deydi Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia