Saudiyaliklar Usman Dembele uchun ulkan taklif tayyorlashmoqda

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026, 14:24
Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi vakillari PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembeleni o'z chempionatlariga jalb qilishmoqchi.

"Sky Sports" nashrining xabariga ko'ra, Saudiya futboli rahbariyatining yuqori martabali vakillari 28 yoshli futbolchining transferi bo'yicha dastlabki so'rovlarni amalga oshirishgan. Qayd etilishicha, saudiyaliklar 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng francuz uchun "ulkan taklif" tayyorlamoqdalar.

Biroq futbolchining yaqinlari Dembele hozirda bor e'tiborini "\PSJ"\dagi faoliyati va JCH-2026 ga qaratganini takidlashmoqda.

Ma'lumot uchun, Usman Dembele Fransiya Liga 1 joriy mavsumining 11 ta o'yinida maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports