Sergey Rijikov: MYUning mensimasligi Rostovga qo'l kelishi mumkin

Tolibjon Qosimov
9 mar 2017, 18:16
Rubin posboni Sergey Rijikov Rostov va Manchester Yunayted o'rtasidagi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Old Traffordda o'ynash har bir futbolchining orzusi. Qur'adan so'ng ularga havasim keldi.

Rostovga faqat omad tilayman. Yigitlar va Qurbon Bekievich Berdiev 120 foiz kuch bilan ishtirok etishadi. Rossiya futboli va Rostovga muxlislik qilamiz.

Imkoniyatlar teng: 50-50. Manchester Yunayted futbolchilarining raqibni mensimasligi Rostovga qo'l kelishi mumkin.

Rubinda Berdiev grandlarga qarshi bahslarga yigitlarni bosqichma bosqich tayyorlab borardi. Hozir Rostovda ham shunday bo'lishini taxmin qilish mumkin, – deydi Rijikov.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Спорт-Экспресс