

"Bugungi o'yin haqida gapirishni ham istamayman. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng o'yinimiz o'zgarib ketmoqda. Bugun natijadan qoniqdim, o'yinimizdan emas. Javlon Ibrohimovning elka suyagi sindi. Endi ertaga operaciya qilinadi", - deya gap boshladi Sergey Lushan.
- Rustam Ashurmatovni asosiy tarkib futbolchisi desak bo'ladimi yoki Xayrulla Karimov jarohatidan forig' bo'lsa Karimov o'ynaydimi?
- Bizda barcha futbolchilar asosiy tarkib a'zosi sanaladi. Xayrulla Karimov esa jamoamizja nafaqat futbolchi, balki o'ynovchi murabbiy ham hisoblanadi. Rustam Ashurmatovning hozirgi yoshini inobatga oladigan bo'lsak, uning ko'rsatgan o'yinidan qoniqmoqdaman.



