Sergey Lushan: “Egallagan o'rnimiz hozirgi tarkibimiz uchun yomon natija emas”

Narzulla Saydullayev
23 noya 2016, 17:41
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.

- Gol o'tkazib yubordik va mag'lubiyatga uchradik. Bizda raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. Chempionatni ikkinchi pog'onada yakunladik. O'ylaymanki, ushbu tarkib uchun bu ko'rsatkichimiz yomon emas. Agar yirik yutuqlarga erishmoqchi bo'lsak, kamida uchta yuqori mahoratli futbolchi olib kelishimiz kerak bo'ladi. Bu o'yin ortda qoldi, endi kubok doirasidagi bahsga e'tibor qaratishimiz lozim, - deydi Sergey Ivanovich.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com