Sergey Lushan: "Adrian raqib safidagi eng xavfli futbolchi"

29 fev 2016, 12:47
"Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
“Ertaga muhim o'yin kutib turibdi. Umid qilamanki ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib g'alabaga erishamiz”, - deydi Lushan.

“Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maydonga tushib g'alabaga erishishga harakat qilamiz”, - deydi Eldor Shomurodov.



- Raqib sizlarning o'yin uslubingizni o'rganib olganidan qo'rqmayapsizmi?
- To'g'ri raqib bizni o'rganyotgani rost. Ular bizga qarshi o'yindan oldin bir qator yetakchilariga dam berishdi. Biroq bizning o'yin uslubimiz bitta – hujumkor o'yin ko'rsatib g'alaba qozonish.

- Saudiya Arabistonidagi bahsda “Bunyodkor” birinchi bo'limda yevropacha futbol ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda esa buning aksi bo'ldi...
- To'g'ri birinchi bo'lim biz uchun ajoyib o'tdi. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi va g'alabaga erishayotgandik. Ammo tanaffusdan so'ng shogirdlarimda biroz charchoq alomatlari sezilib qoldi. Albatta o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida 2 to'p farqi bilan oldinda borib g'alabani qo'ldan chiqarish, juda ham afsusdaman.



- O'zbekistonlik futbolchilarda vaziyatdan unumli foydalanish juda ham past ko'rsatkich bo'lib qolmoqda.
Eldor Shomurodov:
- Har bir vaziyatdan gol urishga urinamiz. Mashg'ulotlarda ham bu borada ish olib boriladi. O'yinda esa qiyinroq, imkon qadar ko'proq gollar urishga harakat qilamiz.

- O'tgan o'yinda Nasimovni emas balki yarim himoyachini tushirsa yaxshi bo'lardimi?
- To'g'ri Bahodirni tushirishdan oldin unga yarim himoyada o'ynash kerakligini aytgandim. Raqib safidagi Adrian juda kuchli yarim himoyachi, u guruhdagi eng kuchli legioner hisoblanadi. Ammo qaytaraman, Nasimov va Nurmatov asosiy tarkib a'zolari. Ertaga balki ulardan biri ilk daqiqalardan maydonga tushishlari mumkin.

Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia