
- Avvalo g'alaba qozonib, yarim finalga yo'llanma olganimizdan xursandman. Natijadan ham, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan ham ko'nglim to'ldi. Biz to'g'ri yo'lda rivojlanayotganimizni bugungi bahs ko'rsatib berdi. Futbolchilar sekin-asta murabbiylar shtabi qanday o'yinni xohlayotganini tushunib yetishmoqda. O'ylaymanki, shu tarzda o'sishni davom ettirsak o'zimiz istagan jamoani quramiz. Bugun yoshlarga ham imkon berdik. 1996 yilda tavallud topgan himoyachi Akrom Komilov to'liq o'ynadi va o'zini xuddi uzoq yillardan beri “Bunyodkor”ning asosiy tarkibida o'ynayotgandek tutdi. Shuningdek, zaxiradan maydonga qo'shilgan Dostonbek Hamdamov ham o'yinga yaxshi kirishib ketdi. Temur Ayupov haqida ham shunday fikrdaman. “Olmaliq” juda kuchli jamoa. Olmaliqlarning har bir chizig'ida mahoratli o'yinchilar yig'ilgan. Bugungi bahsda ularga bo'sh xududlar yaratmadik va oldinga borishga imkon bermadik. Aynan shu jihat ham yirki hisobdagi g'alabamiz omili bo'ldi, - deydi Sergey Ivanovich.