Lushan bilan birga Akmal Shorahmedov matbuot anjumaniga tashrif buyurdi.
"Ertaga mavsumdagi dastlabki rasmiy o'yinni o'tkazamiz. Tarkibimiz yaxshi, uchrashuvga barcha to'liq tayyor. Barcha muxlislarni ertangi o'yinga taklif qilaman", - deydi Lushan.
"Ertangi o'yin hammamiz uchun juda ham muhim. Faqat yutuq uchun maydonga tushishimiz talab etiladi. Chiroyli o'ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz", - Akmal Shorahmedov.
- Ertaga ko'p narsani tezlik qiladi, shiddatkor bahsga tayyormisizlar?
- Albatta, biz doim tezkor va shiddatkor tarzda o'ynaganmiz.
- Akmal, siz qaysi futbolchilarni alohida o'rganib chiqdingiz?
Akmal Shorahmedov: - Biz himoyachi bo'lganimiz uchun ko'proq hujumchilarga e'tibor qaratamiz. Vuchinich, Mabhut singari kuchli futbolchilarga nisbatan jiddiyroq o'ynashimiz zarur bo'ladi.
- OCHLning bu bosqichida ishtirok etgan O'zbekiston klublarining hech biri yuta olmagan. Bunga munosabatingiz qanday?
- Jamoamga ishonaman. Bu qora ananani yo'q qilishga urinamiz.
- "Bunyodkor"ning transferlaridan qoniqdingizmi?
- Ha, barcha transferlardan to'la qoniqish hosil qildim.
- Mashhur murabbiy Lobanovskiyning shunday gapi bor: agar o'yinni tashkil eta olsa kuchli raqibni engish mumkin. Jamoa ertangi o'yinga o'z rejasini tanlab oldimi?
- Albatta. Rejamiz bor. Rejamiz - tartibli o'yin orqali kuchli raqibni engish (Poryadok byot klass).
- "Bunyodkor" stadioni chimi ko'p bor pand bergan. Nima deb o'ylaysiz ertaga bu o'yinga ta’sir qilmaydimi?
- Yo'q. Shunday deb aytaman: Hozirda bu maydon sifati bo'yicha O'zbekistonda eng yaxshilaridan biri.
Shahboz Beg'amov