Serbiyada jinoiy ish qo'zg'atilgan Yovich Madridga qaytib keldi

Mirjalol Normatov
4 may 2020, 20:11
"Real" hujumchisi Luka Yovich Serbiyadan Ispaniyaga qaytdi.

AS xabariga ko'ra, futbolchi bugun xususiy samolyotda Madridga qaytgan. U karantin vaqtida Ispaniyani tark etgan "Real"ning yagona futbolchisi edi.

U Serbiyadaligi vaqtida karantin qoidalarini buzgandi. Shu boisdan unga qarshi jinoiy ish ochilgandi.

Yovich ushbu mavsumda "Real" tarkibida 15 o'yinda 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS