Serbiya. Husniddin G'ofurov jamoasi yangi yildagi ilk uchrashuvda mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2017, 15:42
Serbiya Superligasida qishki tanaffus yakunlandi va 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Husniddin G'ofurov to'p tepayotgan "Yavor" klubi "Chukarichki" mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Yavor" safida Husniddin G'ofurov to'liq o'ynadi. "Yavor" 32 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Klub navbatdagi bahsni 25 fevral kuni o'z uyida "Spartak Subotnica" klubiga qarshi o'tkazadi.


Serbiya Superligasi. Musobaqa jadvali

"Chukarichki" - "Yavor" - 2:0
Gollar:
  Ozegovich 63, Yevtich 81 - Amanovich 35

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia