"Sepaxon" - "Paxtakor" 2:1. Instat kimga necha ball qo'ydi?

Narzulla Saydullayev
23 apr 2022, 09:58
Kecha OCHL 5-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston chempioni 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Instat portaliga ko'ra kechagi bahsda "Paxtakor" safida eng ko'p ballni o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov oldi - 242. Sardor Rashidov 227 ballga loyiq ko'rildi. Eng kam ball Hojimat Erkinovga berilgan - 179. Zaxiradan maydonga tushib, 21 daqiqa o'ynagan Abbosbek Fayzullaevga ham shuncha ball berilgan.

Instat bo'yicha "Paxtakor" futbolchilariga qo'yilgan ballar:

Hojiakbar Alijonov - 242
Sardor Rashidov - 227
Farruh Sayfiev - 221
Azizbek Turg'unboev - 215
Sardor Sobirxo'jaev - 214
Aleksey Larin - 213
Oliver Sharkich - 205
Odiljon Hamrobekov - 196
Sanjar Quvvatov - 195
Sherzod A'zamov - 183
Hojimat Erkinov - 179
Abbosbek Fayzullaev - 179
Shahriyor Jabborov - kam o'ynagani uchun ball berilmagan.

Ma'lumot uchun, Instat mazkur uchrashuvdagi eng ko'p ballni "Sepaxon" vakili, o'yinda dublga erishgan Sajjad Shahbozzodaga bergan - 256.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia