

"Persepolis" futbolchilari kecha Isfahon shahriga yetib kelishdi. Yo'lda kelayotib jamoa avtobusi "Sepaxon" muxlislari hujumiga uchradi. Natijada policiya ko'zdan yosh chiqaruvchi gazdan foydalanib muxlislarni uzoqlashtirishga majbur bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, bugungi o'yinni ko'rish uchun Tehrondan 800ga nafarga yaqin muxlis kelgan. Uchrashuv bizning vaqt bilan 17:40da boshlanadi.



