Senegalda yil futbolchisi e'lon qilindi. Mane ikkinchi o'rinni egalladi

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2019, 17:10
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali Senegal terma jamoasining 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

27 yoshli futbolchiga "Oltin sher" sovrini topshirildi.

Kulibali so'rovnomada 41% ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rin Sadio Mane (26%), uchinchi o'rin esa "Bordo" himoyachisi Yussuf Sabaliga (12%) nasib etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Senegal Football