Bu qiziq! Semak o'zi bilan ovqatlanish imkoniyatini yutib oldi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2019, 17:07
"Zenit" bosh murabbiyi Sergey Semak "Instagram"dagi sahifasida jamoa muxlislari uchun tayyorlangan sovg'a jamlanmasini sotib olganini ma'lum qildi.

Mutaxassis sotib olgan jamlanmada syurpriz bor ekan - "Zenit" bosh murabbiyi bilan kechki ovqatga taklifnoma. Shunday qilib, murabbiy o'zi bilan kechki ovqat qilish imkoniyatini yutib oldi.

"Syurprizi bor fanpak (muxlislar uchun sovg'a jamlanmasi) sotib oldim. Bir o'zim ovqatlanyapman" - deb yozdi Semak.

Eslatib o'tamiz, 42 yoshli mutaxassis o'tgan yilning may oyida "Zenit" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/sergey_bogdanovich_semak/