

Uchrashuvda mehmonlarning qo'li baland keldi. Sistoning goli va Aspasning dubliga mezbonlar safida Chukvueze bir bor javob qaytardi. Shu tariqa, "Selta" klubi futbolchilari o'zlarining 5 o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyalariga nuqta qo'ydilar.
Vilyarreal – Selta 1:3
24 noyabr, 22.30, Estadio de la Seramika
Gollar:
0:1 – 54 Sisto, 1:1 – 59 Chukvueze, 1:2 – 79 Aspas, 1:3 – 90 Aspas.
Vilyarreal – Asenxo, Funes Mori, Kintilya (Ontiveros, 87), Pau Torres, Penya, Chukvueze, Zambo-Angissa, Iborra (Moyses Gomes, 57), Kasorla, Jerar Moreno, Toko-Ekambi (Bakka, 77).
Selta – Alvares, Malo, Olasa, Aydu, Arauxo, Diop (Beltran, 76), Lobotka, Mendes (Santi Mina, 65), Denis Suares (Kostas, 84), Sisto, Aspas.
Ogohlantirishlar:
Iborra (11), Funes Mori (67), Alvares (74), Pau Torres (78), Santi Mina (90).
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvdan keyin "Vilyarreal" 18 ochko bilan musobaqa jadvalida 12-pog'onada, "Selta" esa 12 ochko bilan 18-o'rinda bormoqda.



