"Selta" bosh murabbiyi - futbolchisi haqida: "Men uchun u o'ldi"

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 11:41
"Selta" bosh murabbiyi Migel Kardoso hujumchi Emre Morning mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani haqida gapirdi.

"Mor mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. Yangi yil bayrami kunlarida u kasal bo'lib qolganini aytdi. Keyin bilsam u Dubayga bazmga ketgan ekan. Endi u men uchun o'ldi.

Uning uyiga shifokorlarni yuborgandim. Biroq ular uyda futbolchi bo'lmaganligini aytishdi", - dedi portugaliyalik murabbiy.

Emre Mor hozirda 21 yoshdi. U bu mavsum Primeroda birorta samaradorlik qayd etmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca