Salax tezroqmi yoki Mane? Sadio Mane bu haqda fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2017, 16:15
"Liverpul" hujumchisi Sadio Manening fikricha, u tezlikda jamoadoshi Muhammad Salaxdan orqada.

"Salax mendan tezroq! Mo mendan chaqqonroq! Salax musobaqa o'tkazishga harakat qilmadi, biroq u ham tezkor. Muhammad Salaxning tezligi juda katta, biz u gol urishi uchun yordam berishimiz kerak.

Salax jamoamizda to'p tepayotganidan xursandman. U kabi futbolchilar bilan birga o'ynash oson" - deydi Mane.

Joriy mavsum Mane 17ta uchrashuvda 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi, Salax esa 25ta bashda 19ta gol urib, 6ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com