Saviola faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2013
Malaga hujumchisi Xaver Saviola Xitoy klubidan taklif oldi.
Ushbu taklif moliyaviy tomonlama boshqalardan ko'ra ustunroq. Bu haqda futbolchiga xaridor bo'lgan Braziliyaning Internasonal klubi direktori Luis Sezar Souto de Moura aytib o'tdi. Ammo Xitoyning aynan qaysi klubi ekani ma'lum emas.

Saviolaga shuningdek Kuinz Park Reyndjers ham qiziqish bildirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru