"Sautgempton" Xazenxyuttlni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 18:50
"Nyukasl"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin (1:4) "Sautgempton" egalarining sabr kosasi to'ldi.

Ular avstriyalik murabbiy Ralf Xazenxyuttl bilan xayrlashishga qaror qilishdi.

Premer-liganing 14 turidan so'ng "avliyolar" 18-o'rinda borishmoqda va ligaga tushib ketish zonasida yurishibdi. Xazenxyuttl vaziyatni ijobiy tarafga o'zgartira olmayapti, "Nyukasl" bilan o'yin bunga jamoaning ayni paytdagi holatini aniq ko'rsatib berdi.

Xazenxyuttl 2018 yilning dekabridan beri "Sautgempton"ni boshqarib keladi. O'shandan beri jamoa 11-o'rindan yuqoriga ko'tarilmadi va oxirgi ikki mavsumda 15-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: southamptonfc.com