Saul "Chelsi"dan ketmoqchi emas, sababi...

Narzulla Saydullayev
9 noya 2021
"Atletiko"ga tegishli bo'lgan "Chelsi"da ijarada o'ynayotgan yarim himoyachisi Saul Niges APLni tark etmoqchi emas, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Ispaniyalik futbolchi yanvar oyida "Atletiko"ga qaytmoqi emas. Sababi u London klubiga hamyurtlari Sesar Aspilikueta, Kepa Arrisabalaga va Markos Alonso tufayli yaxshi moslashib oldi.

Saul FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus chog'ida Tomas Tuxel qo'l ostida kuchli mashg'ulot o'tkazishga va maydonga tushishga loyiq ekanligini isbotlashga umid qilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Telegraph