Saul: "Agar "Real" - jahonning eng kuchli klubi bo'lsa, buni maydonda isbotlasin"

Aslanov Jasurbek
20 may 2016
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Agar "Real" - jahonning eng kuchli klubi bo'lsa, buni maydonda isbotlasin. Yaqinlashib kelayotgan final - Lissabon uchun o'ch olish imkoniyati emas.

"Atletiko" - futbolchilar o'sishi uchun ideal joy va bu jamoa safida to'p tepayotganimdan xursandman. Bu erda o'ynash - orzu. Simeonega ishonaman, u esa menga. Shu narsa tufayli o'sishda davom etaman" - deydi Saul.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca