

Kataloniya klubi Saudiya Arabistonidan 65 million evrolik taklif oldi. "Barsa" bu narx biroz pasaytirilgan deb hisoblaydi.
Bir necha hafta oldin braziliyalikka "Al Hilol" qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. "Blaugrana" agar saudiyaliklar 90 mln evro atrofida pul taklif qilishsa, muzokaralarga kirishishini ma'lum qilgandi.
"Barselona" o'shandan buyon o'z moliyaviy talablarini pasaytirdi – klub Niko Uilyams va Dani Olmo bilan shartnoma imzolash uchun o'yinchilarni sotishga to'g'ri kelishini tushunmoqda. Vingerning fikri esa o'zgargani yo'q – u jamoadan ketishni xohlamayapti.



