Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi "Nyukasl"ni sotib olmaydigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 mar 2021, 00:48
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon "Nyukasl"ni sotib olish niyatidan butunlay voz kechdi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Eslatib o'tamiz, qirollik sulolasi vakili o'tgan yili Mayk Eshlidan 340 million funt evaziga klubni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan edi. 

APL zudlik bilan klubning potencial egasiga savollar bilan murojaat qildi. Shundan so'ng 2020 yilning iyulida xaridor Saudiya Arabistoni suveren jamg'armasi o'z taklifini qaytarib oldi.

Endilikda bin Salmon ushbu loyihaga bo'lgan qiziqishini umuman yo'qotdi va "Inter"ni xarid qilishni rejalashtiryapti.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph