Saudiya Arabistoni va Eron klublarining OCHLdagi uchrashuvlari ko'chirildi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2016, 12:12
Osiyo futbol konfederatsiyasi Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani tufayli ushbu mamlakat klublari ishtirokidagi Chempionlar ligasi uchrashuvlari boshqa muddatga ko'chirildi.

Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasidagi munosabatlarga erkin baho berilguniga qadar, OFK bu ikki mamlakat klublarining OCHLdagi o'yinlari muddatini o'zgartirishga qaror qildi.

Qo'mita 2016 yilning 15 martiga qadar baho berishni yakunlashi kerak. Agar ko'rsatilgan vaqtgacha munosabatlar ijobiy tomonga o'zgarmasa bu mamlakat klublari betaraf (neytral) maydonlarda o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia