Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2019, 02:05
Fransiyalik mutaxassis Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Renar murabbiylik faoliyatining asosiy qismini Afrikada o'tkazdi. U Gana (yor. mur.), Zambiya (2 marta), Angola, Kot dʼIvuar va Marokash termalarida ishladi. Zambiya va Kot dʼIvuar bilan u Afrika Millat Kubogida (2012, 2015) g'olib bo'ldi. Marokashni esa 20 yil deganda mundialga olib chiqdi. 

So'nggi qita birinchiligidagi omadsizlikdan so'ng, Marokash futbol federatsiyasi 50 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqardi. 

Shuningdek, Renar Xitoyning – Guychjou Jenxe (yor. mur.); Fransiyaning – Draginyan, Sherbur, Sosho, Lill; Angliyaning – Kembridj Yunayted klublarida faoliyat olib borgan.

Qayd etish joizki, tajribali murabbiy terma jamoa yoki klubni tark etganidan so'ng kamida 1 oyga yaqin muddatni ishsiz o'tkazishi ma'lum bo'ldi. 

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: А.Никимбаевнинг Telegram'даги саҳифасидан олинди