Saudiya Arabistoni chempionatining eng qimmat futbolchilari ramziy termasi tuzildi

Omonjon To`xtamirzayev
14 avg 2023, 16:20
"Transfermarkt" portali Saudiya Arabistoni chempionatining eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Tarkibdagi futbolchilarning aksariyati bir necha hafta avval ham yevropaning kuchli jamoalari tarkibida edilar. Deyarli bitta transfer oynasida saudiyaliklar nimalar qilib yuborganini yana bir bor his qilish uchun tarkibga qarashning o'zi etarli. Bu ro'yxatga yaqin kunlarda hali Neymar ham qo'shilishi hech gap emas.   


Darvozabon: Eduar Mendi ("Al Ahli");

Himoyachilar: Jislen Konan ("Al Nassr"), Kalidu Kulibali ("Al Hilol"), Rojer Ibanes ("Al Ahli");

Yarim himoyachilar: Ruben Nevesh ("Al Hilol"), Fabino ("Al Ittixod"), Allen Sen-Maksimen ("Al Ahli"), Sergey Milinkovich-Savich ("Al Hilol"), Malkom ("Al Hilol");

Hujumchilar: Sadio Mane ("Al Nassr"), Karim Benzema ("Al Ittixod").

Qayd etib o'tish lozim, "Al Nassr" forvardi Krishtianu Ronaldu ushbu tarkibga kirmagan. Portugaliyalikning transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia