Sarrining agenti: “Chelsi? Shunaqa klub bormi?”

1 iyun 2018, 23:39
“Napoli” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mauricio Sarrining agenti Alessandro Pellegrini mijozining “Chelsi”ga bosh murabbiy bo'lishi haqidagi savolga shunday javob qaytardi.

“Men bilmayman. Nima u “Chelsi”? Shunaqa klub ham bormi? Biz faqat “Napoli” haqida bilamiz”, deya agentning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

Sky Sports nashri tomonidan e'lon qilingan so'nggi xabarlarga ko'ra, “Chelsi” Sarrini taklif etish g'oyasidan voz kechgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia