Sarrining agenti: Biz hech kimdan taklif olmadik

22 may 2018, 09:25
Mauricio Sarrining agenti Alessandro Pellegrini mijozi borasida gap-so'zlarga oydinlik kiritdi.

- Biz na “Chelsi”, na “Tottenxem”, na “Milan” va na “Zenit”dan taklif oldik.

-- Sarri ketishi mumkinmi o'zi?

- Uni jamoasida ko'rishni istagan klub “Napoli”ga 8 mln evro to'lab berishi kerak. Shartnomada shunday ko'rsatilgan, - dedi Pellegrini.

Bu summa 31 mayga qadar amalda bo'ladi. Keyin esa ko'payishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Italia