Sarriga kerak bo'lmayotgan Xedira Turkiya jamoasiga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 14:29
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira "Fenerbaxche"dan taklif oldi.

32 yoshli germaniyalik futbolchi Adrien Rabo va Aaron Remzilarning transferidan keyin klubdan ketishni o'ylamoqda. Oldinroq Italiya nashrlari Xedira Sarriga kerak emasligi borasida ma'lumotlar taqdim qilgandi.

Shu boisdan Xedira "Yuve"da qolsa, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmasligidan xavotirda. Uning "keksa sinora"lar bilan shartnomasi 2020 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Сalciomercato