Sarri: "U yangiliklarni o'qimayapti chog'i"

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Kallum Xadson-Odoi haqida gapirdi.

18 yoshli xavbek 35 million evro evaziga "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

"Xadson-Odoi so'nggi haftani ajoyib tarzda o'tkazdi. Har kuni uning mashg'ulotlarini kuzataman va bunga qoyil qolaman. U rivojlanyapti. Ishonchli o'tkazgan oldingi bahsidan keyin bugun ham ajoyib o'yininin namoyish qildi. Huddi 25-26 yoshli futbolchilar kabi agressivlik ko'rsatmoqda.

U o'yinga yaxshi tayyorlana olgan, himoyachilarga katta yordam berdi, bu u uchun normal holat bo'lib qolishi kerak. Balki u matbuotdagi yangiliklarni o'qimayotgandir", - dedi Sarri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports