Sarri: "Meni Kurtuaning agenti havotirga solayotgani yo'q. Hammasini futbolchining o'zidan eshitmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018, 09:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri London klubini tark etmoqchi bo'lgan darvozabon Tibo Kurtua so'zlariga izoh berdi.

"Meni Kurtuaning agenti havotirlantirayotgani yo'q. Hammasini darvozabonning o'zidan eshitib, Tibo shu gaplarni menga aytishini istayman.

Har qanday holatda ham o'z futbolchi bilan suhbatlashishim kerak. "Chelsi"da faqat katta ishtiyoqqa ega futbolchilar o'ynashini istayman" - deydi Sarri.

Oldinroq, Kurtua faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi ekanligi haqida ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports