Sarri Jorjino "Siti"ga emas, "Chelsi"ga o'tgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
5 avg 2018, 15:25
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri yarim himoyachi Jorjinoning transferi jamoaga qanday yordam berishi haqida gapirdi.

"Jorjinoga "Manchester Siti"dan ko'ra "Chelsi" ko'proq extiyoj sezayotgandi. Gvardiolada ko'plab markaziy yarim himoyachilar bor. Fernandino - ajoyib futbolchi. Shu boisdan Jorjino "Siti"ga o'tmadi.

APLning o'tgan mavsumdagi turnir jadvalini ko'rsak, "Siti" 100 ochko yig'gan, "Chelsi" esa - 70. Bu 30 ochkoni kamaytirish yo'lini bilaman - faqat va faqat ishlash kerak", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraph