Sarri: "Har bir o'yinda g'alaba qozonishning imkoni yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Sarri "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Statistikaga qaraydigan bo'lsak, bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Birinchi bo'limning so'nggi 25 daqiqasida biz yanada yaxshiroq o'ynay olishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qila oldik. Har bir o'yinda g'olib bo'lishning imkoni yo'q.

Azar? U ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi. Bugun umuman o'yin qiyin bo'ldi. Hujumchi va vingerlarimiz haqiqatdan ham qiynalishdi", - dedi "Chelsi" murabbiyi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC