Sarri: "Gvardiolaga vaqt berishdi, mendan esa natija talab qilishmoqda"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2019, 13:54
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi finalidan oldin London klubidagi vaziyatga izoh berdi.

Seriyalik muvaffaqiyatsizliklardan so'ng italiyalik mutaxassisning iste'fosi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi.

"Gvardiolaning omadi kelgan. Unga vaqt berishdi. O'ylashimcha, klubga Gvardiolani olib kelinsa, unga vaqt berilishini hamma biladi. Mendan esa natija talab qilishmoqda" - deydi Sarri.

Oldinroq, Sarri "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lsa, iste'foga chiqarilishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports